Muassasa haqida

image
Personalni tayyorlash muassasasi

Jamiyat bo'yicha imzolangan “Personalni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish to'g'risida” 2023 yil 20 oktabr 11-NGK-son buyruqqa muvofiq, Toshkent temir yo'l texnikumi huzurida faoliyat yuritib kelgan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi hamda Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o'quv markazi negizida “Temiryo'linfratuzilma” AJ tarkibida faoliyat yurituvchi Personalni tayyorlash muassasasi tashkil etildi.

  • O'quv-uslubiy bo'limning maqsadi, markazlar ta'lim jarayonini ilg'or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Muassasa tuzilmalarini davlat ta'lim talabi va asosiy o'quv hujjatlari bilan ta'minlash
  • O'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish
  • O'quv jarayonini boshqarishdagi me'yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish
  • Soatbay dars o'tuvchi o'qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish
  • Muassasa tuzilmalarini davlat ta'lim talabi va asosiy o'quv hujjatlari bilan ta'minlash.
  • Temir yo'l sohasidagi yuqori bo'g'im rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning muntazam malakalarini oshirish.
  • Mehnat bozori talablariga mos keladigan, lavozimda o'sish va raqobatbardoshlikni ta'minlovchi kasbiy malaka va ko'nikmalarni baholash tizimini joriy etish.
  • Keng va tor ixtisosliklar bo'yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berishda malaka imtihoni tarzida mustaqil va xolis baholashni tashkil etish va o'tkazish
  • Muayyan mutaxassislik (kasb) bo'yicha kasbiy kompetensiya darajasini tasdiqlovchi va Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq talab etiladigan kasbiy malaka darajalarini berishga asos bo'luvchi kompetensiya to'g'risidagi malaka pasporti berilishini ta'minlash.
  • Mehnat bozori talablariga mos keladigan, lavozimda o'sish va raqobatbardoshlikni ta'minlovchi kasbiy malaka va ko'nikmalarni baholash tizimini joriy etish.
  • Tasdiqlangan kasbiy malaka pasporti haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun Tarmoq Kengashiga ma'lumotlarni taqdim etish.
  • Kasbiy kompetensiyasi tasdiqlangan shaxslarni baholangan malaka darajasiga muvofiqligi bo'yicha doimiy monitoring olib borish.
Muassasa haqida

Xalqaro hamkorlik

Xorijda kadrlar tayyorlashda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning korxonalari, tarkibiy bo‘linmalari hamda ta'lim muassasalarini bozor iqtisodiyoti talablari va temir yo‘l sanoatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari
talablariga javob beradigan mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta'minlab borish, ularga iqtisodiyot, ilm-fan va zamonaviy texnologiya yutuqlarining asoslarini o‘rgatish uchun tanlovdan o‘tgan nomzodlar Rossiya Federatsiyasi hamda Belarus Respublikasining qator oliy ta'lim muassasalarida maqsadli tayyorlash uchun jo‘natilmoqda.

img

Moliyaviy xizmatlar

Talabalarning o‘qishi va yotoqxonada yashashi bo‘yicha xarajatlar ikki tomon o‘rtasida tuzilgan shartnoma «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng Jamiyat tomonidan to‘lab beriladi. Transport xarajatlari bir o‘quv yilda bir marotaba talabalar o‘qishga borishi va uyga qaytishi uchun olingan aviachiptalar(ekonom klass) yoki temir yo'l chiptasi taqdim etilganidan so‘ng Jamiyat tomonidan qoplab beriladi.

img

Xorijda tahsil olayotgan talabalar

Hozirgi kunda «O’zbekiston temir yo’llari» AJ nomidan xorijiy OTMlarining kunduzgi bo‘limida 268 nafar talaba tahsil olmoqda, shulardan:

1. 176-bakalavriatda;

2. 49-mutahassislikda;

3. 43-magistraturada;

(246 nafar talaba «O’zbekiston temir yo’llari» AJ hisobidan va 22 nafar talaba RF granti asosida tahsil olmoqda).
img

Istiqbolli loyihalar

2021-2022 va 2022-2023 o‘quv yillarida Toshkent temir yo‘l texnikumi quyidagi xorijiy OTM bilan hamkorlik memorandumlari imzoladi:

1. Belarusiya davlat transport universiteti (БелГУТ);

2. Ural davlat temir yo‘l transporti universiteti (КЖТ);

3. Rostov davlat temir yo‘l transporti universiteti (филиал г. Елец);

4. Samara davlat temir yo‘l transporti universiteti (филиал г. Саратов).

2022-2023 o‘quv yilida ttyt «Roxi ohani Toҷikiston» davlat unitar korxonasiga kelishilgan shartnomaga muvofiq 16 ta lokomotiv haydovchisini tayyorladi.

Yangiliklar